Aksum hamda Top Business kompaniyalari hamkorlik istiqbollari

Bright Uzbekistan jamoasining Dubay shahriga navbatdagi safari davomida, taniqli tadbirkor, Dubaydagi Inkas zirhli avtomobillar ishlab chiqaruvchi kompaniya asoschisi Ulugbekhon Maksumov bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tashrif davomida Top Business jurnalining Dubaydagi tadbirlar uchun tayyorlangan maxsus ikkinchi soni taqdim etilib, fikr mulohazalar almashilindi.
Eslatib o'tamiz, Bright Uzbekisatn jamoasi 13-18-fevral kunlari, O'zbekiston Savdo Sanoat Palatasi hamda O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamkorligida tashkil etilgan qator tadbirlarda informatsion hamrohlikni amalga oshirgan holda barcha tadbirlarni keng ommaga yetkazishda o’z hissasini qo'shdi.
Shuningdek, O'zbekistondagi turli yo'nalishlardagi kompaniyalarni o'z ichiga olgan Top Business jurnalining ikkinchi maxsus soni ham tadbirlar jarayonida qatnashchilarga taqdim etildi.






