AKT vazirligi Toshkentda sayyor qabul o'tkazdi

Toshkent shahrining Yangihayot tumanida Prezident Administratsiyasi boshchiligida AKT vazirligi xodimlari sayyor qabul o'tkazdilar, deb yozadi AKT vazirligining matbuot-xizmati.

Ushbu tadbir mintaqaning muammolarini o'rganish va hal etish maqsadida o'tkazildi. Ishchi guruh vaziyatni joyida o'rganib chiqdi va Internet aloqasi bilan mavjud bo'lgan kamchiliklarni bartaraf etdi.

Tashrif buyurgan qabulda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o'rinbosari J. Maxsudov, vazirlikning markaziy apparati, vazirlikning Toshkent shahri bo'yicha hududiy boshqarmasi, shuningdek, bo'ysunuvchi korxona va tashkilotlar rahbarlari va xodimlari ishtirok etishdi.

Aytib o'tish kerakki, bunga o'xshash tadbirlar mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy nuqtai nazardan rivojlantirishga qaratilgan.