АKT xizmatlarining YaIMdagi ulushi oshdi

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (АKT) xizmatlarining yalpi ichki mahsulot (YaIM)dagi ulushi 1,8 foizni tashkil etgan. Bu koʼrsatkich oʼtgan yilning mos davrida 1,7 foizni qayd etgan edi.

Taqqoslash uchun, joriy davrda АKT xizmatlarining YaIMdagi ulushi oʼtgan yilning mos davriga nisbatan 0,1 foizga oshgan.

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida axborot va aloqa sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar soni 2 423 tani tashkil etgan.