Аleksey Xen Toshkent shahar hokimiga oʼrinbosar etib tayinlandi

Xen Аleksey Fedorovich Toshkent shahar hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish boʼyicha oʼrinbosari - Raqamli rivojlanish departamenti rahbari lavozimiga tayinlandi.

Аleksey Xen 1983-yilda Xorazm viloyatida tugʼilgan.

Hozirga qadar Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Raqamli rivojlanish departamenti” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktorining birinchi oʼrinbosari vazifasida ishlagan.