Alibaba ChatGTP raqobatdoshini ishga tushiradi

Xitoyning chakana savdo giganti Alibaba xitoy va ingliz tillarida gapiradigan Tongyi Qianwen nomli chatbotni ishga tushiradi. Bu haqda CNBC xabar berdi.
Qayd etilishicha, texnologiya giganti "yaqin kelajakda" barcha Alibaba mahsulotlariga sun'iy intellektga asoslangan chatbotni joriy qiladi.
“Yangi sun’iy intellekt modeli yaqin kelajakda foydalanuvchi tajribasini yaxshilash uchun Alibaba’ning turli bizneslariga integratsiya qilinadi. Kompaniya mijozlari va ishlab
chiquvchilari tejamkor yo‘l bilan moslashtirilgan sun’iy intellekt xususiyatlarini yaratish uchun modeldan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi”, deyiladi xabarda.
Alibaba’ning maʼlum qilishicha, tez orada chatbotga tasvirni aniqlash kabi boshqa funksiyalar ham qo‘shiladi.
Mazkur xabar tarqalgandan soʻng, NYSE savdo platformasdagi Alibaba aksiyalarining qiymati 0,03 foizga tushib, 101,51 dollarni tashkil etdi. Gonkong fond birjasida chakana savdo qog‘ozlarining narxi 1,07 foizga oshib, 98,8 Gonkong dollarini tashkil qildi.






