Alibaba Group o’z «ChatGPT» analogini sinovdan o'tkazmoqda

Xitoyning “Alibaba Group” kompaniyasi “Open AI”ning mashhur “ChatGPT AI” botiga o'xshash sun'iy intellekt tizimini ishlab chiqargani haqida xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kelgusida Alibaba o‘zining AI botini Zoomga o‘xshash xususiy DingTalk aloqa ilovasiga qo‘shishi ham mumkin. Ammo, kompaniya rasmiylari tomonidan hozircha bu borada izoh berilmagan.

P.S. ChatGPT Microsoft tomonidan bir necha yillardan buyon qo'llab-quvvatlanadigan “Open AI” tomonidan yaratilgan.