Alisa - birinchi to'liq elektrlashgan yo'lovchi samolyot

Dunyodagi ilk to’liq elektrlashgan yo’lovchi samolyoti parvozga tayyorlagrlik ko’rmoqda.
Isroilning “Eviation” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Alisa samolyoti o'tgan hafta Sietl shimolidagi Arlington shahar aeroportida dvigatel sinovidan o'tdi. “Eviation” bosh direktori Omer Bar-Yohayning so'zlariga ko'ra, Alisaning birinchi parvoziga bir necha hafta qoldi xolos.
Elektr avtomobil yoki uyali telefonnikiga o'xshash akkumulyator texnologiyasi va 30 daqiqa zaryadlash bilan Alisa bir soat va taxminan 440 dengiz milini bosib o’ta oladi. Samolyotning maksimal kruiz tezligi soatiga 287 milyani tashkil qiladi (taqqoslash uchun, Boeing 737 ning maksimal kruiz tezligi soatiga 588 milya). Kompaniya 20 tadan 40 tagacha yo'lovchini sig'dira oladigan elektr samolyotlar 7-10 yil ichida haqiqatga aylanishiga umid bog’lamoqda.






