Alisher Maqsudov lavozimidan ozod etildi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ustuvor vazifalarga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi boshlandi. Uchrashuv keskin tanqidiy ruhda o'tmoqda.
Sohada tizimli muammolar va yo'l qo'yilgan kamchiliklar hal etilmagani uchun Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi raisi Alisher Maqsudov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O'zbekiston prezidenti matbuot kotibi ma'lum qildi.






