Alisher Usmanov VK (avval Mail.ru group)dagi o'z ulushini sotdi

Alisher Usmanovga tegishli USM xolding kompaniyasi "Sogaz" sug'urta kompaniyasiga VK aksiyalarini sotdi. Kelishuv narxi oshkor etilmadi, lekin tahlilchilar aksiyalar to'plamini 90 mln.dan 217 million dollargacha bo'lishi mumkin deb tahmin qilishdi.
2 dekabr, USM xolding kompaniyasi VK (ilgari Mail.ru Group)dagi o'zining ulushini "Sogaz" kompaniyasiga sotgani haqida xabar berdi, bitim miqdorini tomonlar oshkor qilmadi. USM holdingi VK dagi ulushiga "MF texlonogiyalar" ustav kapitali orqali egalik qilar edi va ovoz berish aksiyalarining 57,3% hamda4,8% iqtisodiy ulushini nazorat qilar edi. Megafon orqali USM 45% "MF texnologiyalari" qimmatli qog'ozlariga egalik qilar edi.






