Аlisher Usmonov: Oʼzbekistonga yordam berish uchun bor resurslarimni yoʼnaltiraman

“Men bor resurs va saʼy-harakatlarimni Oʼzbekistonga yordam berish hamda mamlakat uchun foyda keltirishga yoʼnaltiraman. Bu mening eng katta maqsadim, buning uchun biznes boshqaruvidan va hatto koʼplab loyihalarim aksiyadori boʼlishdan voz kechdim”, — degan Milliarder, Forbes roʼyxatida 112-oʼrinda turuvchi Аlisher Usmonov Italiyaning Tgcom24 nashriga bergan intervyusida.
Qayd etilishicha, hozirda Usmonov Toshkentda yashayapti. Taxminlarga koʼra, u urush boshlanganidan va Yevropa Ittifoqi tomonidan sanksiyalarga uchragandan keyin mamlakatga kelgan.
Аlisher Usmonov intervyu davomida Oʼzbekistonda uchta turli davr guvohi boʼlganini aytgan. Birinchisi Sovet Ittifoqi davri, ikkinchisi — respublika 1991-yilda mustaqillikka erishganida, uchinchisi esa hozirgi — 2016-yildan boshlangan davr.
Shuningdek, u oʼzining oligarx ekanini bir necha bor rad etib, boyligini ochiq bozorda biznes yuritish ortidan toʼplaganini taʼkidlab keladi.
“Men hukumatdan hech qachon sovgʼa olmaganman. Holdingimizda qilgan baracha ishlarimiz bozor sharoitida amalga oshirilgan”, — deya qoʼshimcha qilgan tadbirkor.






