Alstom Rossiyani butunlay tark etadi

Temir yo‘l harakat tarkibi va transport tizimlarini ishlab chiqaruvchi Alstom Ukrainadagi harbiy amaliyot tufayli Rossiyaga barcha yetkazib berishlar, shuningdek, kelajakdagi biznes sarmoyalari to‘xtatilganini e’lon qildi.

"Alstom hozirda Ukrainada sodir bo'layotgan voqealarni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Guruh amaldagi barcha sanksiyalar va qonunlarga albatta amal qiladi va Rossiya Federatsiyasiga barcha yetkazib berishni to'xtatishga qaror qildi. Shuningdek, Alstom Rossiyada kelajakdagi biznes investitsiyalarining to'xtatilishini tasdiqlaydi".

Alstom mashinasozlik sohasida jahon yetakchisi hisoblanadi. Konsern, xususan, teplovoz va elektrovoz ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Uning faoliyatiga energiya elektronikasi, signalizatsiya tizimlari, harakatlanuvchi tarkib va butlovchi qismlarni ishlab chiqarish maydonchalari ham kiradi.