Amanbay Orinbayev Jo‘qorg‘i Kenges raisi etib tayinlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Amanbay Orinbayevning rahbarlik qobiliyati, vatanparvarligi va insoniy fazilatlarini, shuningdek, hududni rivojlantirish borasidagi takliflarini hisobga olib, uning nomzodiga o‘z roziligini bildirdi.
Jo‘qorg‘i Kenges deputatlari, jamoatchilik vakillari so‘zga chiqib, nomzod haqida fikr bildirdi.
Shundan so‘ng, Jo‘qorg‘i Kenges raisini saylash masalasi ovozga qo‘yildi. Yashirin ovoz berish yo‘li bilan Amanbay Orinbayev bir ovozdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi lavozimiga saylandi.
Orinbayev 2020 yil kuzidan buyon Qoraqalpog‘iston rahbari bo‘lgan Murat Kamalovning o‘rnini egalladi. Bugungi sessiyada prezident Qoraqalpog‘iston rahbariyatini iyun oyi boshidagi voqealar uchun keskin tanqid qilgandi.






