Аmanbay Orinbayev Senat Raisiga oʼrinbosar boʼldi

Senatning oʼttiz ikkinchi yalpi majlisida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi oʼrinbosarini saylash masalasi koʼrib chiqildi.
Unda “Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʼgʼrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 9 va 15-moddalariga hamda “Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʼgʼrisida”gi Qonunning 4-moddasiga muvofiq Murat Kallibekovich Kamalov Oliy Majlis Senati Raisining oʼrinbosari lavozimidan ozod etildi.
Аmanbay Tleubayevich Orinbayev Oliy Majlis Senati Raisining oʼrinbosari etib saylandi.
Bu borada Senatning tegishli qarori qabul qilindi.






