Amazon bu yildan dron orqali yetkazib berishni yo’lga qo’yadi

Amazonning ta'kidlashicha, kompaniya joriy yilning oxirida ilk bora xaridorlarga jo’natmalarni dron orqali yetkazib berishni boshlaydi. Oydinlik kiritilishicha, Kaliforniyaning Lokkford shahri foydalanuvchilari minglab tovarlarni havo orqali yetkazib berish uchun ro'yxatdan o'tishlari mumkin bo'ladi.

Savdo giganti yillar davomida dron yetkazib berishni va'da qilib kelgan, ammo bir necha bor kechiktirshga majbur bo’lgan edi.

Lokkford shahridan tashqari, keyinchalik, ushbu xizmatni yanada kengroq masshatbga yoyishini ta’kidladi.

Amazonning ta'kidlashicha, dronlar jo’natmalarni 4000 ga yaqin aholisi bo'lgan Lokkforddagi mijozlarning uylaridagi hovlilariga eltib berish uchun dasturlashtirilgan.

Ular "ko'rish chizig'idan tashqarida" ucha oladi, ya'ni ular vizual kuzatuvchi tomonidan boshqarilishi shart emas. Qurilma samolyot, odamlar, uy hayvonlari va to'siqlarni chetlab o’tish uchun sensorlardan foydalanadi.

Maqsad mijozlarga jo’natmalarni bir soatdan kamroq vaqt ichida xavfsiz yetkazib berishdir.