Аmerika va Meksika savdo palatasi delegatsiyasi bilan muzokaralar bo’lib o’tdi

Joriy yilning 15-fevral kuni BMB Trade Group kompaniyasi rahbari Bekzod Mamatqulov Аmerika va Meksika savdo palatasining savdo missiyasi delegatsiyasi rahbari Maurisio Monroy bilan uchrashdi.
Oʼzbekistonga ilk bor tashrif buyurgan missiya delegatsiyasi logistika, savdo va investitsiya loyihalariga ixtisoslashgan yirik kompaniyalar vakillaridan iborat boʼldi.
Muzokaralar davomida АQSh va Meksikaning Oʼzbekistondagi qoʼshma sarmoyaviy va eksport loyihalarini amalga oshirish hamda savdo hajmini kengaytirish imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi.
Jumladan, Bekzod Mamatqulov savdo aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida, АQSh va Meksika bozorlarida yuqori talabga ega boʼlgan meva-sabzavot mahsulotlari va zaʼfaron eksportini yoʼlga qoʼyishga tayyorligini bildirdi.
АQSh va Meksika ishbilarmon doiralari vakillari jahon bozorini muvaffaqiyatli zabt etib kelayotgan BMB Zafaron milliy brendining sifatli zaʼfaron mahsulotiga alohida qiziqish bildirdilar.
Uchrashuvda janob Mauritsio Аmerika-Meksika savdo palatasi BMB Trade Group kompaniyasi manfaatdor ishbilarmon doiralari bilan aloqalarni qisqa vaqt ichida oʼrnatish uchun barcha mavjud resurslarni taqdim etishga tayyor ekanligini maʼlum qildi.
Umuman olganda, muzokaralar konstruktiv va ishbilarmonlik ruhida oʼtgan boʼlib, erishilgan kelishuvlar Oʼzbekiston, Meksika va АQSh ishbilarmon doiralari oʼrtasida barqaror va oʼzaro manfaatli savdo aloqalarini oʼrnatish imkonini beradi.






