Amerikalik milliarder Bill Geyts koronavirusga chalindi

Amerikalik milliarder, “Microsoft” kompaniyasi asoschisi Bill Geyts koronavirusga chalindi. U bu haqda “Twitter”dagi sahifasi orqali ma'lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, Geyts 10-may, seshanba kuni COVID-19 uchun ijobiy test natija qayd etgan.
“Men kasallikning yengil alomatlarini boshdan kechiryapman va mutaxassislar maslahatiga ko'ra, tuzalib ketgunimcha o'zimni izolyatsiya qilmoqdaman”, deya yozadi Geyts.






