Amerikalik operatorlar va rejissyorlar jamoasi O'zbekiston haqida film suratga olish jarayonlarini boshladilar

Amerikaning taniqli "Mystery Box" Video-Prodakshn kompaniyasi O'zbekiston haqida hujjatli film suratga olishga kirishdi, deya xabar berdi O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.

Suratga olish ishlari Teleminora, Jasorat monumenti, Amir Temur xiyoboni, Xazrati Imom majmuasi va Chorsu bozori kabi Toshkentning diqqatga sazovor joylarida amalga oshirildi.

Shuningdek, rejissyor Uillem Gerrit Kampenhaut boshchiligidagi suratga olish jamoasi O'zbekistonning sayyohlik uchun jozibador hududlari - Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo va Navoiyga tashrif buyurishdi.

Jamoa tashrifining maqsadi AQSH bo’ylab O’zbekiston hududlarining madaniy va gastronomic salohiyatiga alohida e’tibor qaratgan holda, turistik salohiyatni yoritish va namoyish etishdan iborat.