Amerikaning «The Chainsmokers» musiqiy guruhi kosmosda konsert bermoqchi

Guruh 2024-yilda koinotga uchib, Yerdan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan bosimli kapsulada mini-konsert o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

“Biz har doim koinotga uchishni orzu qilganmiz va yangi tajribalarni boshdan kechirish uchun “World View” bilan hamkorlik qilishdan xursandmiz. Biz bilamizki, Yer va koinot manzaralari aqlbovar qilmas va ilhomlantiruvchi bo‘ladi, shuning uchun biz bu parvozdan ijodkorlik uchun foydalanishni intiqlik bilan kutamiz”, — degan musiqachilar.