Amina Mamedova AK-74 qurolidan otishmasida eng yuqori natijani ko'rsatdi

"Forish" markaziy harbiy okrugi poligonida xalqaro armiya o'yinlari doirasida “Harbiy-tibbiy estafeta”ning "Shaxsiy mahorat" musobaqalari bo'lib o'tdi, deya xabar beradi Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.

Unda jamoa vakillari-erkak va ayol guruhlarga bo'lingan kichik va o'rta tibbiyot mutaxassislari o'zlariga biriktirilgan qurollardan, jumladan, AK-74 avtomati va PM-9 to'pponchasidan nishonga otish bo'yicha merganlik mahoratini sinovdan o'tkazdi. Musobaqalar xalqaro hakamlar va xorijiy davlatlar delegatsiyalari rahbarlari tomonidan bevosita nazorat ostida o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi terma jamoasi vakili – mutaxassis-feldsher, kichik serjant Amin Mamedova AK-74 avtomatidan o'q otish bo'yicha 193 ball to'plab, yangi rekord o'rnatdi. Avvalgi rekord-185 ball, 2019 yilda o'rnatilgandi.

"Shaxsiy mahorat" musobaqasida umumjamoa hisobida O'zbekiston mudofaa vazirligi jamoasi birinchi, Rossiya Federatsiyasi-ikkinchi, Xitoy Xalq Respublikasi-uchinchi o'rinni egalladi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ma'lum qildi.