Amirsoy Polo Cup 2022

Joriy yilning 9-yanvar kuni Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanida O’zbekiston Polo Federatsiyasi tomonidan qordagi polo sporti bo'yicha "Grand Chimgan" mexmonhonasi yonida "Amirsoy Polo Cup 2022" musobaqasi tashkil etildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 - yil 11 - martdagi yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish, shuningdek, zamonaviy beshkurash va poloni ommalashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi 5024 PQ- sonli qarorlarini amalga oshirish maqsadida va 2021 - yil 5 - avgustdagi qaror qoshimchasi "2025 - yilgacha O'zbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni rivojlantirish davlat dasturi to'g'risida"gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan ushbu musobaqa mamlakatimizda polo sportini rivojlantirish va ommalashtirish yo’lida navbatdagi qadam bo'ladi va yurtimiz uchun ulkan sport tadbiriga aylanadi.

Mazkur musobaqada: NRG polo jamoasi, Ot Sporti Maktabi, OFB polo jamoasi hamda Milliy Gvardiya shahar bo’limi ishtirok etdilar. Shuningdek, musobaqa 2200 metr balandlikda tashkil etilgan bo’lib, unda 500 dan ortiq tomoshabinlar jarayonni kuzatib bordilar.

Musobaqa doirasida tashkil etilgan matbuot anjumanida O'zbekiston Polo Federatsiyasi Raisi Baxromjon Gaziyev ishtirok etdi.