Amsterdamdagi noodatiy bepul tovarlar supermarketi

Ma’lum qilinishicha, Niderlandiya poytaxti Amsterdamda yangi supermarket ochildi. Uning noodatiyligi shundaki, mazkur supermarketda tovarlarni bepul olish mumkin.
Qayd etilishicha, tekin mahsulotlar gigiyena vositalari, oziq-ovqat va maishiy kimyo buyumlarini o‘z ichiga oladi. Kam ta’minlangan oilalarga beriladigan ushbu maxsulotlarni olib ketish uchun hech qanday maxsus hujjat talab etilmaydi.
Do‘kon Fris deb ataladi. Undan mahsulotlarni bepul olish uchun xayriya tashkilotlarining layf-kouchlaridan yordam olish kerak.






