An'anaviy hamkorlik davom etmoqda

Xabaringiz bor, "AhadMix Group" kompaniyasi "Bright Uzbekistan" loyihasining birinchi qadamlaridanoq ilk hamkorlardan bo'lgan va do'stlik rishtalariga qurilgan ushbu hamkorlik an'anaviy ravishda ikkinchi son doirasida ham davom etmoqda.

"AhadMix Group" asoschisi Ahad Abdullaev ham loyihaga bo'lgan ishonchi va uning rivoji rejadagidek ketayotganini mamnuniyat bilan ta'kidladi.

Hamkorlik doirasida "Bright Uzbekistan" loyihasini ichki bozorda targ'ib qilish, tanitish hamda "AhadMix Group" kompaniyasini chet mamlakatlarda tanitish ko'zda tutilgan.