Аndijonda tadbirkor va investorlar uchun Roadshow oʼtkazildi

Joriy yilning 18-iyun kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Аndijon viloyatida xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari jumladan, korxonalardagi davlat ulushlari, boʼsh turgan davlat mulki obyektlari va sotilishi belgilangan yer maydonlari toʼgʼrisida tadbirkorlar va investorlar uchun “ROADSHOW” (taqdimot) oʼtkazilib, unda 600 dan ortiq tadbirkor va ishbilarmonlar ishtirok etdi.