Аndijonda tibbiyotni rivojlantirishga 1,5 trillion soʼm mablagʼ yoʼnaltiriladi

Bu haqda O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati saylovchilari bilan muloqotda ma’lum qildi.

Nomzod viloyatda tibbiyot sohasini kelgusida yanada rivolantirish borasidagi ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Hususan, ikki yilda shahar va tumanlarda 11 ta yangi oilaviy poliklinika va 29 ta mahallada oilaviy shifokorlik punkti tashkil etiladi.

Onkologik kasalliklarni barvaqt aniqlash uchun 45 yoshdan oshgan 400 ming ayol har yili tekshiruvdan oʼtkaziladi.

Paxtaobod, Qoʼrgʼontepa, Shahrixon va Baliqchi tumanlarida perinatal markazlar tashkil etiladi.
Har yili 900 ming nafar bolalar va homilador ayollar 7 turdagi vitaminlar bilan bepul taʼminlanadi.
Tumanlar tibbiyot birlashmalarining xirurgiya boʼlimlari zamonaviy tibbiy jihozlar bilan taʼminlanadi.
Аndijon va Xonobod shaharlari, Аsaka, Baliqchi, Jalaquduq, Marhamat, Ulugʼnor, Paxtaoboddagi shifoxonalar laparoskop bilan taʼminlanadi. Natijada, yiliga 20 mingdan ziyod aholi uchun oshqozon-ichak, jigar va oʼt pufagidagi jarrohl operatsiyalari kamin-vaziv yoʼl bilan tumanning oʼzida amalga oshiriladi.
Qoʼrgʼontepa va Shahrixonda jarohatlar va oʼtkir qon-tomir kasalliklari markazlari tashkil qilinadi hamda gemodializ xizmati yoʼlga qoʼyiladi.
Eksperiment tariqasida 170 ta birlamchi boʼgʼin tibbiyot muassasalarida alohida hamshiralik qabul punktlari tashkil etiladi.

Аndijon davlat tibbiyot instituti klinikasi toʼliq rekonstruktsiya qilinib, uning negizida vodiy aholisi uchun kardiologiya, neyroxirurgiya, koʼz kasalliklari va urologiya yoʼnalishlari boʼyicha yiliga 7 mingta murakkab operatsiya oʼtkazadigan “tibbiyot markazi” tashkil etiladi.
Xususiy tibbiyot muassasalari soni 1 mingtaga yetkaziladi.