Andijonning yangi shahri

Andijonda yangi shahar qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida Prezident va Andijon viloyatining aholisi ishtirok etishdi, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev marosimda quyidagicha nutq so‘zladi:

-Andijondagi uy-joy muammosini hal qilish uchun ikki-uch yildan beri o‘zimni qiynayman. Chunki yer kam, uylarga talab yillar davomida to‘planib qolgan edi. Bir xonadonda bir nechta kelin qaynonasi bilan yashayotgan oilalar ko‘p. Shuning uchun uzoqni o‘ylab, yangi shahar qurishga kirishdik. Bu yerda 130 mingdan ortiq xonadonli ko‘p qavatli uylar barpo etiladi, 450 mingdan ziyod aholi yashaydi.

Davlatimiz rahbari qurilish maydoniga birinchi toshni qo'yayotganda shunday dedi:

-Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor. Shu kunlarga yetganimizga shukur. Umid qilamanki, Yangi Andijon xalqimiz baxtli, farovon yashaydigan obod maskan bo‘ladi. Bu tarixiy voqea bilan, xayrli marosim bilan butun Andijon xalqini chin yurakdan tabriklayman.

Shuni ta'kidlash kerakki, yangi shahar loyihasi Andijon viloyati aholisini butun mintaqani obod qilishda yanada ko'proq stimullashtiradi . Ushbu loyiha "Yangi Andijon shahri" ga xorijiy sayyohlarni, shuningdek, boshqa viloyat va tumanlarning aholisini jalb qilish uchun birinchi qadam bo'lib xizmat qilishi mumkin.