Angela Merkel BMTda ishlash taklifini rad etdi

Germaniya sobiq kansleri Angela Merkel BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning tashkilot tizimlaridan biriga rahbarlik qilish taklifini rad etdi.
Merkel ofisidagilar “DPA” agentligiga ma’lum qilishicha, “o‘tgan haftadayoq sobiq kansler telefon orqali muloqotda bosh kotibga ishonch uchun minnatdorlik bildirib, taklifni qabul qilolmasligini aytgan”.
Xabarlarga qaraganda, gap insoniyat ijtimoiy manfaatiga xizmat qiluvchi global tashkilotning maslahat kengashi rahbarligi haqida borgan. Mazkur tuzilma savdo va parvoz xavfsizligi bilan shug‘ullanadi.
PS: Angela Merkel 2005-2021 yillar davomida Germaniya hukumatini boshqargan.






