Angela Merkel jahon siyosatida sezilarli iz qoldirdirib, Germaniya kansleri lavozimini tark etdi

Merkel davlat rahbari sifatida 16 yil davomida o‘zini yaxshi inqiroz boshqaruvchisi sifatida ko‘rsatdi, u faoliyati davomida nafaqat ichki, balki umumiy Yevropa muammolarini ham hal qildi, Germaniyaning nufuzi va ta’sirini eng yuqori darajaga ko‘tardi.

Faoliyati davomida u 2008 yildagi global tanazzuldan tortib, COVID-19 pandemiyasigacha bo'lgan davrdagi xalqaro inqirozlarni yengib o'tdi.

Merkel siyosatchi sifatida ilk bor 1991 yilda, Helmut Kol hukumatida ayollar va yoshlar ishlari bo‘yicha vazir etib tayinlanganida jiddiy muhokamalar bilan to'qnashgan edi. 2000-yilda u XDI yetakchisiga aylandi, besh yildan so‘ng esa mamlakatdagi birinchi ayol kansler lavozimida faoliyat boshladi.

Merkel o‘zining to‘rtta prezidentlik muddati davomida Rossiyaning ikki prezidenti, AQShning to‘rt nafar prezidenti, Buyuk Britaniyaning besh nafar bosh vaziri va Italiyaning sakkiz nafar bosh vaziri bilan ishlashga muvaffaq bo‘ldi.

U Forbes jurnalining dunyoning eng qudratli ayollari reytingida ketma-ket 10 yil peshqadamlik qildi va siyosatda butun dunyo uchun namuna bo'la oladi.

Uning nafaqat ichki bosim ostida xotirjam ishlay olishi balki, xorijdagi eng stressli vaziyatlarni bartaraf etishda faol ekanligi ham uni xalqaro miqyosdagi mashhur shaxsga aylantirdi.

Angela Merkel nafaqat kansler lavozimini tark etdi, balki Bundestagdagi faoliyatni ham rad etdi. Merkelning 31 yillik siyosiy faoliyati yakunlanganiga qaramay, ko‘pchilik, dunyo u haqida takror eshitishiga ishonadi.