Anomal sovuq kunlardagi gaz va elektr energiyasi krizisining asosiy sabablari ma'lum qilindi

O'zbekistonda kunlik tabiiy gaz iste’molining 10 foizi hamda elektr energiyasining 8 foizi qo‘shimcha import yordamida ta’minlanib kelingan.

Biroq Turkmanistonda tabiiy gaz qazib chiqarish konlarida yuzaga kelgan avariya tufayli tabiiy gaz importi to‘liq to‘xtatilgan va elektr energiyasi importi esa 20 foizga qisqargan. Bu haqda Energetika vazirligi ma'lum qildi.

«Garchi, bugungi kundagi maksimum talabni qondirish uchun gaz quvurlari va magistral elektr tarmoqlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyati yetarli bo‘lsa-da, resurslar yetarli emasligi hisobiga iste’molchilarni energiya resurslari bilan ta’minlashda muammolar kuzatilmoqda.

Xususan, anomal sovuq tufayli 12-yanvarda qo‘shni mamlakatning tabiiy gaz qazib chiqarish konlarida yuzaga kelgan avariyaviy holat tabiiy gaz importining to‘liq to‘xtashiga va boz ustiga elektr energiyasi importining 20 foizga qisqarishiga sabab bo‘ldi.» - deyiladi vazirlik xabarida.

Shuningdek, energiya resurslari taqchilligi kuzatilayotgan paytda ushbu resurslarni birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha obyektlariga yetkazib berish uchun elektr energiyasi eksporti to‘xtatilgani ma'lum qilindi.

Avvalroq Bright Uzbekistan Sardor Umurzakov Turkmaniston prezidenti bilan uchrashuvi davomida gaz importi muhokama qilingani va kelishuvga erishilgani haqida xabar bergan edi.