Anomal sovuq Oʼzbekistonni tark etmoqda!

“Oʼzgidromet”ning maʼlum qilishicha, yaqin kunlarda Oʼzbekistondagi anomal haroratni belgilab berayotgan sovuq antitsiklon zaiflasha boshlaydi. Hafta oʼrtalariga borib, kunlik harorat -3+2 daraja iliq, kechasi -8-13 daraja sovuq boʼladi hamda ushbu harorat ish haftasi oxiriga qadar saqlanib qoladi.
16-19-yanvar kunlari Oʼzbekiston boʼyicha yogʼingarchilik kutilmaydi. Respublika boʼylab tuman tushishi mumkin.






