Anomal sovuq sababli Toshkentda yigʼilishlar oʼtkazish taqiqlandi

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʼjayev kutilayotgan anomal sovuq sababli tegishli chora-tadbirlar koʼrish boʼyicha topshiriq berdi. Unga koʼra, 9-yanvardan 18-yanvargacha poytaxtdagi hokimliklarda, boshqarmalar va ularning tuman boʼlimlarida har qanday majlislar (jumladan Zoom shaklida), tadbirlar, masʼullarni asosiy faoliyatidan chalgʼituvchi boshqa yigʼilishlarni oʼtkazish taqiqlanadi.

Shuningdek, koʼchada xizmat qilayotgan yoʼl harakati xavfsizligi xizmati va obodonlashtirish xodimlarini issiq choy va yegulik, ixcham termos idishlari bilan taʼminlanadi.