Antarktida dengiz muzlarini rekord darajadagi past ko’rsatkichi qayd etildi

2023 yilda Antarktidada so‘nggi 44 yil ichidagi rekord darajada past bo‘lgan dengiz muzligi qayd etildi. Bu umumiy isish hamda issiq suvning subtropik mintaqalardan Antarktidaga kelishi bilan bog‘liq, deya xabar berdi Arktika va Antarktika ilmiy-tadqiqot institutining muz va gidrometeorologik ma’lumotlar markazi.

Mutaxassislarning fikricha, odatda yoz mavsumida Antarktida atrofidagi muz maydoni 3 million kvadrat kmgacha kamayadi. Biroq, bu yil maydon 1,8 million kvadrat kmni tashkil etgan. Bu 1979-yildan beri eng past ko‘rsatkichdir.

“Yozgi erishdan keyin asosan Ueddel va Amundsen dengizlarida muzliklarni ko‘rish mumkin, qolgan dengizlarda esa muz faqat qirg‘oq bo‘ylarida saqlanib qolgan”, deyiladi xabarda.

Olimlar 2023 yilda Antarktidadagi dengiz muzlari darajasi tez kamayib ketishining bir qancha sabablarini keltirishmoqda.

“Asosiysi — Antarktika aylana qutb oqimi. U shimoldagi iliq subtropik suvni janubdagi sovuq suvdan ajratib turadi. Iqlim o‘zgarishi bilan g‘arbiy shamollar hukmronligi aylanma hosil qilib, oqimlarni kuchaytiradi, bu esa muzga iliq suvning kirib kelishiga olib keladi”, deydi mutaxassislar.