Antarktida: Janubiy okean tubi yanada aniqroq xaritada

Olimlar Antarktidani o‘rab turgan Janubiy okean (Antarktida okeani) tubini tashkil etuvchi tog‘lar, kanyonlar va tekisliklarning hozirgi kundagi eng aniq xaritasini tuzishga muvaffaq bo’ldilar.
48 million kvadrat kilometr maydonni egallagan ushbu xaritada ilk bora yangi eng chuqur nuqta - 7432 m pastlikdagi “Factorian” deb nomalanadigan chuqurlik haqida batafsil ma'lumot berilgan.
Okean tubining shaklini bilish xavfsiz navigatsiya, suvostini muhofaza qilish va Yerning iqlimi hamda geologik tarixini tushunish va anglash uchun keng ahamiyatga molikdir.
Yangi xarita Janubiy okean tubining 50 gradus janubdagi qutblarini qamrab oladi. Agar uning 48 million kvadrat kilometrini (18,5 million kvadrat milya) 500 m kvadratlarga ajratilsa, ularning 23 foizi kamida bitta zamonaviy chuqurlik o'lchoviga ega deganidir.
Bu to‘qqiz yil oldingiga nisbatan juda katta o‘sishdir.
Dengiz xaritalari, shubhasiz, nafaqat xavfsiz navigatsiya, balki baliqchilikni boshqarish va muhofaza qilish uchun ham zarurdir. Sababi, dengiz yovvoyi tabiati asosan suv osti tog'lari atrofida to'planadi. Har bir suvosti tog'i biologik xilma-xillikning markaziy nuqtasi sanaladi.
Lekin insoniyat hali o'rganishi kerak bo’lgan jihatlar bisyor.






