Antarktidada havo harorati doimgi ko‘rsatkichdan 35 daraja yuqorilamoqda

Statistik ma’lumotlarga ko’ra, 1992-yildan buyon Antarktida 3 trillion tonna muzdan mahrum bo‘lgan.
Rossiyaning “Komsomolskaya pravda” gazetasi chop etgan xabarda ma’lum qilinishicha, muz qit’asidan ulkan aysberglar uzilib, ochiq okeanga oqib bormoqda. So‘nggi vaqtda yo‘lga chiqqan ana shunday muztog‘lar orasida Fransiyaning Korsika oroli kattaligiga teng – 8 ming kvadrat kilometrdan ortiq hajmdagi muz bo‘lagi bor.
Rejissyor Jeraldin Danon boshchiligidagi fransuz hujjatli kino ijodkorlari guruhi Antarktidada xizmat safarida bo’lib qaytdi. Global iqlim isishi muammosidan yaxshi xabardor bo‘lgan hujjatli film ijodkorlari yetakchi olimlar bilan birgalikda Antarktidadagi harorat o‘zgarishini kuzatishgan.
“Antarktidadagi o‘rtacha harorat hozir doimgi ko‘rsatkichdan 35 daraja yuqorilamoqda. Agar ilgari bu davrda u -45 dan -50 darajagacha bo‘lgan bo‘lsa, endi bu faqat -15 daraja. Dunyo tabiiy inqiroz yoqasida”, deb yozadi gazeta.
Muzliklarning erishi nafaqat olimlarni, bakli butun insoniyatni tashvishga solayotgan yana bir jiddiy muammo hisoblanadi.






