Antuan Arno “Christian Dior” rahbari bo’ldi

LVMH raisi Bernard Arnoning to'ng'ich o'g'li Antuan Arno “Christian Dior” oilaviy holding kompaniyasining bosh direktori etib tayinlandi. Eslatib o’tamiz, bir muddat avval Louis Vuitton egasi Bernard Arno 184 milliard dollardan ortiq boyligi bilan dunyoning eng boy odamiga aylangan edi.
Ma'lumot uchun, Christian Dior LVMH ustav kapitalining 41 foiziga va kompaniyaning ovoz beruvchi aksiyalarining 56 foiziga egalik qiladi. Shuningdek manbaalarga ko’ra, Christian Dior aksiyalarining katta qismi Arno oilasiga tegishli.






