Аnʼanaviy zardoʼzlik va zargarlik, kashtadoʼzlik sanʼatini rivojlantirish istiqbollari

Bugun, 22-may kuni Buxoro shahrida “Аnʼanaviy zardoʼzlik va zargarlik, kashtadoʼzlik sanʼatini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya boʼlib oʼtmoqda.
Unda Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, vazirlik va idoralar, hokimlik vakillari, mahalliy va xorijiy hunarmandlar hamda OАV vakillari ishtirok etmoqda.
Konferensiya davomida 30 nafar xorijiy, 60 nafar mahalliy maʼruzachilar zargarlik, zardo’zlik va kashtadoʼzlik sanʼati tarixi, xalqlar orasida ommalashishi, milliy qadriyat va anʼanalarni vaqt davomida saqlab qolish, iqtisodiyot rivojiga qoʼshgan hissasi, Buxoro shahrida oʼtkazilayotgan zardoʼzlik, zargarlik va kashtadoʼzlik sanʼati festivali tafsilotlari xususida soʼz bormoqda.
Xususan, kashtadoʼzlik sanʼati haqida Ozarbayjon, Turkiya, Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Tojikiston va Turkmanistondan kelgan hunarmandlar ham maʼruza qildilar. Shu qatorda Oʼzbekiston Milliy universitet tadqiqotchisi, Oliy Majlisi Senati boʼlim mudiri ham oʼz maʼruzasi bilan ishtirok etib, pandemiya va pandemiyadan soʼnggi oʼzgarishlarga toʼxtalib oʼtdi.






