AOKA direktori Andijondagi matbuot kotiblarning faoliyatini tahlil qildi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xoʻjayev Andijonda matbuot kotiblari va mahalliy hokimiyat organlari bilan uchrashdi.

«Axborot xizmatlari faoliyatini baholashda press-tadbirlar, rasmiy bayonotlar, ijtimoiy tarmoqlardagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirlar, rasmiy munosabatlar hamda OAV bilan hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratamiz, — dedi Asadjon Xoʻdjayev.

Aytib oʻtish joizki, AOKA direktori axborot xizmatlari faoliyatini tanqidiy ruhda tahlil etdi. Hamda oʻtgan yilning ikkinchi yarmi boʻyicha hech qaysi matbuot kotibining faoliyati yuqori darajada deb topilmagan.