Apelsin Rossiyadan pul o‘tkazmalari qabul qilishni vaqtincha to‘xtatdi

Apelsin raqamli banki xabariga ko‘ra, rublda pul mablag‘larini yuborish va qabul qilish yuqori darajadagi beqarorlik sabab vaqtincha cheklangan.
VISA, Mastercard va Western Union pul o‘tkazmalari odatdagi tartibda ishlamoqda.
25-fevral kuni «Hamkorbank» ham «bank tizimlarida olib borilayotgan texnik ishlar sababli „Sberbank Onlayn“ ilovasi orqali pul mablag‘larini qabul qilish vaqtinchalik to‘xtatilgani» haqida xabar bergan edi. 28-fevraldan texnik ishlar to‘liq bartaraf etilgani sababli yuborilayotgan pul o‘tkazmalarini qabul qilishni qayta tiklaganini e’lon qildi.






