Apple 20 dyumli buklanadigan displeyga ega qurilma ustida ishlamoqda

Apple kompaniyasi 20 dyumli buklanadigan displeyga ega qurilma ustida ishlamoqda, deya xabar berilmoqda "Bloomberg's Power On" axborot byulletenida. Qurilma "iPad / MacBook gibrid" deb atalishi kutilmoqda.

Xabar qilinishicha, klaviaturadan voz kechilgan holda ikki ekranni ichiga olgan displeyli qurilmada navigatsiya va yozish butunlay sensorli ekranga asoslanadi.

Yangilik 2026-yilga kelib namoyish etilishi kutilmoqda. Bu vaqtga kelib kompaniya shov-shuvlarga sabab bo’layotgan Apple mashinasini ham taqdim etishi ehtimoldan holi emas.