Apple 2022-yilning mart oyida taqdimot o‘tkazishni rejalashtirmoqda

Ushbu tadbirda kompaniya bir qancha yangi qurilmalarni, shu jumladan, iPhone SE 2022, iPad Air plansheti hamda Apple Silicon chipi bilan jihozlangan yangi Mac mini'ni taqdim etishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, kompaniya mart oyida iOS 15.4 proshivkasini o‘z smartfonlariga jo‘natishni boshlaydi. Yangi proshivka orqali niqob bilan ham Face ID'ni ishlatish mumkin bo‘ladi.

Yangilangan iPhone SE hozirgi iPhone SE 2020 ko‘rinishida bo‘ladi. Yangilik sifatida unga 5G modem, yangi kamera hamda A15 Bionic chipi o‘rnatiladi.

Yangi 10.9 dyuymli iPad Air ham 5G modem hamda A15 Bionic chipi bilan jihozlanadi. Mac mini esa Apple M1 Pro yoki M1 Max chipiga ega bo‘ladi.

Ayrim manbalarning xabar berishicha, ishlab chiqarishdagi kechikishlar sabab taqdimot boshqa sanaga ko‘chirilishi mumkin.