Apple 2023-yilda qanday gadjetlar taqdim etadi?

Apple kompaniyasi 2023-yilda qanday gadjetlarni namoyish etishi haqida ma’lumot berdi. Qayd etilshicha kelayotgan yilda Apple yangi Iphone 15, MacBook Pro 14 va 16, AirPods Max 2, Pro Display XDR, iMac, Apple Watch 9 va Apple Watch Ultra 2 kabi bir qancha gadjetlarni taqdim etishni rejalashtirmoqda.

MacBook Pro 14 va 16: Kompaniya o'zining yuqori darajadagi noutbuklarining yangilangan versiyasini tayyorlamoqda. Yagona o'zgarish yangi M2 chipi. Boshqa o'zgarishlar bo'lmaydi.

Katta MacBook Air Tahlilchi Ross Youngga ko'ra, Pro modellari bilan bir qatorda Air versiyalari ham chiqariladi. Yozgi MacBook Air 13,6 dyuymli displeyga ega edi. 2023-yil boshida 15,5 dyuymli versiya taqdim etilishi kutilmoqda.

AirPods Max 2: Toʻliq oʻlchamli minigarnituralarning yangi versiyasi 2023-yil sentabr oyida sotuvga chiqariladi.

iOS 17:yangi proshivka 2023-yil iyun oyida chiqariladi. Qoidaga ko‘ra, kompaniya tizimni takomillashtirib, minimal innovatsiyalar bilan iOS-ni taqdim etadi.

Pro Display XDR: Displeyning birinchi versiyasi 2019-yilda chiqarilgan. Mark Gurmanning aytishicha, 2023-yilda monitorning yangi versiyasini qarshi olishimiz mumkin.

iMac:Monoblok 2023-yil oxirida chiqarilishi kerak. Bu M3 chipiga ega bo'lgan birinchi qurilmalardan biri bo'ladi.

Kompaniya har yili yangi soatlarni chiqarishi an’anaga aylanganidek, 2023-yilda Apple Watch 9 va Apple Watch Ultra 2 ommaga taqdim etiladi.

iPhone 14: 2023-yilning bahorida Apple xuddi shu iPhoneni taqdim etadi, faqat boshqa rangda. Bu binafsha rangli iPhone 12 va zangori iPhone 13 ranglar kabi bo'lishi mumkin.

iPhone 15: Tahlilchilarning fikricha, iPhone smartfonlari USB-C porti, yangilangan korpus dizayni, sensorli ovoz balandligi va quvvat tugmalariga ega bo‘ladi.

Hozirga qadar taqdim etilgan ma’lumotlar aynan shulardan iborat. Ammo, taqdimot o’tkazilguniga qadar yana o’zgarishlar amalga oshirilishi ham ehtimoldan holi emas.