Apple AirTag kuzatuvidan noto'g'ri foydalanishga qarshi chora ko'radi

Apple odamlarni kuzatish uchun AirTagdan noto'g'ri foydalanishni murakkablashtirish uchun bir qator o'zgarishlar kiritishni rejalashtirmoqda.
Tugma o'lchamdagi qurilmalar yo'qolgan narsalarni topish uchun Apple kompaniyasining "Find My" tarmog'i bilan ishlashga mo'ljallangan.
Yanvar oyida bir nechta ayollar BBCga AirTags yordamida kuzatilganliklarini aytib o’tishgan.
Apple AirTagni o'tgan yilning aprel oyida ommaga taqdim etgan edi. Kichkina, dumaloq qurilmalarni yo’qotishingiz mumkin bo’lgan hamma narsaga ulasa bo’ladi.
Ammo qurilmalarni mashina yoki sumka kabi shaxsiy buyumlarga yashirish orqali odamni kuzatib qurilmadan noto’g’ri foydalanish mumkin.
Ushbu o'zgarishlarning bir qismi sifatida, Apple birinchi marta AirTagni o'rnatgan har bir foydalanuvchiga qurilmadan insonlarning roziligisiz noto’g’ri foydalanish dunyoning ko’plab mamlakatlarida jinoyat ekanligini ta’kidlovchi ogohlantiruvchi xabar yuboradi.
Hozirda iPhone foydalanuvchilari (va ilovani yuklab olgan Android foydalanuvchilari) noma'lum AirTag ular bilan birga harakatlansa, "yot kuzatuv" ogohlantirishlarini qabul qiladi.






