Apple - dunyoning eng qimmat brendi

Kantar kompaniyasining “Brandz Top 100” eng qimmat global brendlar reytingiga koʼra, Apple yana dunyoning eng qimmat brendi unvonini qoʼlga kiritdi. Hozirda Apple brendi 947,1 milliard dollarga baholanmoqda va bu oʼtgan yilga nisbatan 55 foizga koʼp.

Oxirgi marta Apple brendi ushbu reytingning birinchi qatorini 2015-yilda egallagan, keyin esa Amazon muvaffaqiyat qozongan.

Top 5 talikka shuningdek:

Google, qiymati yil davomida 78 foizga oʼsdi va 820 milliard dollarga yaqinlashdi;

Amazon, qiymati 3 foizga oshib, 706 milliard dollarni tashkil qildi;

Microsoft toʼrtinchi oʼrinni saqlab qoldi, brend narxi 49 foizga oshib, 611 milliard dollarga yetdi;

Tencent beshinchi oʼrinda qoldi, brend 11% ga pastlagani sababli 214 milliard dollarni tashkil qildi.

Bundan tashqari, Top 10 talikdan McDonald's, Visa, Facebook, Alibaba va Louis Vuitton ham o’rin oldi.

Yil davomida 100 talikka kirgan barcha brendlarning umumiy qiymati 23 foizga oʼsib, qariyb 8,7 trillion dollarni tashkil qildi.