Apple Germaniyada chiplarni ishlab chiqarish markazining qurilishiga 1 milliard yevro investitsiya kiritmoqda

Apple Myunxendagi yangi 5G tarmoq uskunalari uchun chiplar ishlab chiqarish markazining qurilishiga 1 milliard yevrodan ko'proq mablag 'kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqida kompaniya blogi xabar berdi: (https://www.apple.com/uk/newsroom/2021/03/apple-to-invest-over-1-billion-euros-in-germany-with-new-munich-campus/)

Myunxendai markaz 30 ming kv. m maydonga ega va 100% qayta tiklanadigan energiya manbalarida ishlaydi. Uning ochilishi 2022 yil oxirlariga rejalashtirilmoqda. 5G tarmog'i uchun chiplarning asosi bo’ladigan simsiz texnologiyalarni takomillashtirish uchun Apple yuzlab xodimlarni yo’llaydi. Agar hozirgi vaqtda Yevropa Ittifoqiga jahonda ishlab chiqarilgan chiplarning 10 foizdan kamrog’i to’g’ri kelsa, unda 2030 yilga kelib mazkur ko’rsatkich kamida 20 foizgacha o'sishi kerak.

"Men Myunxendagi muhandislik jamoalarimiz o’zlari uchun kashf etadigan narsalardan juda xursandman – bular 5G texnologiyasi chegaralarini o'rganishdan tortib, dunyoga kuch, tezlik va ulanish imkoniyatlarini beradigan yangi avlod texnologiyalariga qadardir. Myunxen qirq yil davomida Apple kompaniyasining uyi bo'lib kelgan va biz xodimlarimizga va Germaniyaga bizning hayot yo’limizning bir qismi bo'lganligi uchun minnatdormiz », - deydi Apple bosh direktori Tim Kuk.