Apple ishchilarning boshlang'ich maoshini oshirmoqda

Apple o'zining amerikalik xodimlari uchun boshlang'ich maoshni 22 dollarga oshiradi, deya xabar beradi iPhone ishlab chiqaruvchisi chorshanba kungi bayonotida. Bunga sabab mehnat bozoridagi taranglik va inflyatsiya o’sishi, deb qaralmoqda.

Apple Reuters agentligiga bergan bayonotida kompaniyaning AQSH jamoasi aʼzolarining boshlangʻich maoshi soatiga 22 dollarga yoki bozorga qarab undan yuqori qiymatga oshirilishini aytib o’tdi. Bu 2018-yilga qaraganda 45 foizga ko’proqdir.

"Joriy yilgi faoliyatni ko'rib chiqish jarayonining bir qismi sifatida jamoa umumiy kompensatsiya budjetini oshirmoqda", dedi kompaniya vakili.

Apple ba'zi ishchilarga yillik tekshiruvlar uch oyga uzaytirilishini va yangi ish haqi iyul oyi boshida kuchga kirishi haqida ma'lum qildi, deb yozadi Wall Street Journal.

Google va Microsoft ham ish haqi masalasini ko’rib chiqib uni oshirgan kompaniyalar ro’yxatidan joy olgan.