Apple ishlab chiqarishni Xitoydan ko'chirilishini tezlashtiradi

Apple so'nggi haftalarda ishlab chiqarishning bir qismini Xitoydan tashqariga ko'chirish rejalarini tezlashtirdi. Xitoy uzoq vaqtdan beri kompaniyaning ta'minot zanjirida hukmronlik qilgan, deb yozadi The Wall Street Journal muhokamada ishtirok etgan manbalarga tayanib.
Manbaalarga ko‘ra, kompaniya yetkazib beruvchilardan mahsulotlarni Osiyoning boshqa mamlakatlarida, xususan, Hindiston va Vetnamda yig‘ishni faol rejalashtirishni so‘ragan, shuningdek, eng kattasi Foxconn bo‘lgan Tayvan montajchilaridan qaramlikni kamaytirishga intilmoqda.
Apple yetkazib berish tarmog‘ida ishlovchi analitiklar ta'kidlashicha, Xitoyning barqaror ishlab chiqarish markazi maqomi bu yilgi voqealar tufayli larzaga keldi. Noyabr oyi oxirida mamlakat bo'ylab norozilik namoyishlari avj oldi, chunki namoyishchilar hukumatning COVID-19 uchun «nol sabrlilik» siyosati asosidagi qattiq kovid cheklovlariga qarshi norozilik bildirishdi. Xususan, 300 ming kishi ishlaydigan va bir vaqtlar iPhone Pro liniyasining 85%ni ishlab chiqargan Chjenchjou shahridagi Apple zavodi ham norozilik namoyishlari ostida qoldi.
Ekspertlarning ta'kidlashicha, agar Hindiston va Vetnam kabi davlatlar effektivlik natijalariga erisha olmasalar, ular chetda qolishadi. «Apple talab qiladigan miqyosda mahsulotlar ishlab chiqarish uchun barcha detallarni topish oson emas», dedi Apple kompaniyasining sobiq operatsion menejeri Keyt Uaytxed.
Avvalroq, Xitoyning Foxconn zavodidagi noroziliklar tufayli Apple 6 million iPhone 14 Pro qabul qilolmasligi mumkinligi xabar qilingandi. Appleinsider Apple iPhone ishlab chiqarishdagi muammolar tufayli 8 milliard dollar yo'qotishi mumkinligi haqida yozgan edi.






