Apple kompaniyasi 2022 - yilda yana to'rtta smartfon taqdim etishni rejalashtirgan

Ma'lumotlarga ko'ra kompaniya, iPhone 14/14 Max va iPhone 14 Pro/Pro Max modellarini taqdim etishni rejalashtirgan.

Kutilayotgan barcha to'rtta smartfon 120 Gts yangilanish tezligiga ega bo’ladi. Standart model va Max versiyasi 6.1 "panellarni oladi. Pro va Pro Max variantlari uchun u 6,7” gacha oshiriladi deya xabar bermoqda MacRumors.

Tahlilchining fikriga ko'ra, iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Apple tarixida 48 megapikselli asosiy kameraga ega bo‘lgan birinchi smartfon bo‘ladi. Shuningdek, ular 12 megapikselli ultra keng burchakli modul va bir xil o'lchamdagi telefoto linzaga ega bo'ladi.