Apple kompaniyasi o'tgan chorakda iPhone sotish orqali rekord darajada daromad oldi

Apple kompaniyasining 2021-yilning oktabrdan dekabrigacha bo'lgan chorakdagi daromadi o'tgan yilning shu davriga nisbatan 11% ga o'sib, $123,9 mlrdni, foydasi esa 25% ga o'sib, $34,6 mlrdni tashkil qildi.
iPhone daromadi esa 9% ga o'sib, $71,63 mlrdni tashkil etdi. Xizmatlardan tushgan daromad (Apple TV+, Apple Music va boshqalar) 24% ga oʻsib, $19,52 mlrdga yetdi.
Shuningdek, Mac daromadi ham yiliga 25% ga oshib, $10,85 mlrdni tashkil etdi, Apple Watch, Airpods, maishiy texnika va boshqalar 13% ga o'sib, $14,7 mlrd daromad olindi.






