Apple kompaniyasining daromadi 36 foizga o'sdi

Apple kompaniyasi 2021 yilning uchinchi moliyaviy choragida (AQShda apreldan iyungacha davom etadi) hisobot berdi.
Kompaniyaning daromadi 36 foizga oshib, 81,43 milliard dollarni tashkil etgani maʼlum boʻldi.
Asosiy statistika:
- iPhone: 39,57 milliard dollar (bir yil avval 26,4 milliard dollarga teng).
- Mac: 8,24 milliard dollar (o'tgan yilgi 7,1 milliard dollarga nisbatan).
- iPad: 7,37 milliard dollar (bir yil oldin 6,6 milliard dollar bo'lgan).
- Kiyiladigan qurilmalar, uy jihozlari va aksessuarlari: 8,78 mlrd dollar (o'tgan yilga nisbatan 6,45 mlrd dollar).
- Xizmatlar: $ 17,49 mlrd (bir yil oldin $ 13,2 mlrd).
Sof daromad 21,74 milliard dollarni tashkil etdi.






