Apple Rossiyadagi vakolatxonasi xodimlarini Qirg'izistonga ko'chirdi

Ma'lum qilinishicha Apple korporatsiyasining Rossiyadagi ofisidan xodimlarining katta qismi Qirg‘izistonga ko‘chirilgan. Shuningdek, qayd etilishicha ba’zi xodimlar BAA va Buyuk Britaniyadagi ofislarga o‘tkazilgan.

Ta’kidlanishicha ushbu jarayonga tayyorgarlik bahorda boshlanib, jarayonning o‘zi yozning oxirida yakunlangan.

Ukrainada jangovar harakatlar boshlanganidan so’ng o‘z xodimlariga boshqa mamlakatlarga ko‘chib o‘tishni Google ham taklif qilgan. Kompaniya Dubayga relokatsiya qilishni taklif etgan, biroq iqlim va uzoq masofa tufayli ko‘pchilik xodimlar bosh tortgan. Shu tariqa, ko‘pchilik xodimlar Qirg‘izistonga ko‘chirilgan.