Apple Rossiyada sotuv va xizmatlarni cheklab qo’ydi

Ukrainaga bosqinlar tufayli Apple Rossiyadagi mahsulot sotuvini cheklagan eng yirik kompaniyalardan biri bo’lmoqda.
Kompaniya Rossiya bosqinidan "chuqur xavotirda" ekanligini va zo'ravonlik natijasida jabrlanganlar bilan “birgaligini” ta’kidladi.
Apple Pay va Apple Maps kabi bir qancha xizmatlar ham cheklangan.
Google shuningdek, RT kabi Rossiya davlati tomonidan moliyalashtiriladigan nashriyotlarni o'z bazasidan olib tashladi.
RIA axborot agentligi maʼlumotlariga koʻra, rus tilidagi mobil banking ilovalari, masalan, Rossiya VTB banki ilovasi tez orada Apple iOS operatsion tizimidan foydalanadigan qurilmalarda ishlamasligi mumkin.
Apple bayonotida aytilishicha, firma "Ukraina fuqarolari uchun xavfsizlik va ehtiyot chorasi" sifatida Ukrainadagi Apple Xaritalarida transport va jonli voqealarni o'chirib qo'ygan.
O‘tgan hafta Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari Mixaylo Fedorov Twitterda Applega ochiq xat qoldirib, unda Appledan Rossiyani o‘z mahsulotlari, xizmatlari va App Storedan uzishni so‘ragan edi.






